O‘zbekistonda ishsizlik pasayib, 302 ming oila kambag‘allikdan chiqdi – Prezident
Jamiyat
−
19 noyabr 1674 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yil boshidan buyon ishsizlik 4,9 foizga tushdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 5,5 foiz edi. Ayniqsa, Buxoro, Kogon, Navoiy, Zarafshon, G‘ozg‘on, Samarqand, Shirin shaharlarida ishsizlik 4 foizdan pasayib, “tabiiy ishsizlik” darajasiga ilk bor yaqinlashdi. Bu haqda bugun, 19 noyabr kuni Prezident raisligida o‘tayotgan kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, ehtiyojmand 302 ming oila kambag‘allikdan chiqqan. Yil yakunigacha kambag‘allik darajasi 6 foizgacha kamayishi kutilmoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 8,9 foiz bo‘lgan.
Sharoiti og‘ir bo‘lgan Xovos, Mirzaobod, Oqoltin, Do‘stlik, Paxtakor, Forish, Bo‘ston, Vobkent, Mirishkor, Mingbuloq, Uzun va Piskent tumanlarida kambag‘al oilalar soni 4,5 barobargacha kamaygani aytildi.
Ilgari qiyin ahvolda bo‘lgan 105 ming oila daromad ko‘rishni boshladi, kambag‘al oilalarning o‘rtacha daromadi yil boshiga nisbatan 2 barobarga oshgan.
Joriy yilda ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylangan.
Live
Barchasi