O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi yana oshadi
Jamiyat
−
16 yanvar 3102 2 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yil 1 fevraldan boshlab poyezd chiptalari narxi 15 foizga qimmatlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshiriladi. Ular uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha belgilanadi:
Toshkent – Buxoro:
- VIP — 1 138 000 so‘m;
- Biznes — 760 000 so‘m;
- Ekonom — 509 000 so‘m.
Toshkent – Qarshi:
- VIP — 976 000 so‘m;
- Biznes — 642 000 so‘m;
- Ekonom — 429 000 so‘m.
Toshkent – Samarqand:
- VIP — 709 000 so‘m;
- Biznes — 455 000 so‘m;
- Ekonom — 311 000 so‘m etib belgilandi.
Shu bilan birga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshirilgan.
Bildirilishicha, chiptalar narxi bugungi kunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari oshgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining ko‘paygani, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati, elektropoyezdlar infratuzilmasini saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari hamda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-sonli qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yo‘nalishdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilib, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 fevral sanasidan boshlab O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi qimmatlagan edi. O‘shanda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tezyurar yo‘lovchi poyezdlar “Sharq", “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30% ga oshirilgandi.
Live
Barchasi