O‘zbekistonda super-kontrakt bekor qilindimi?

Jamiyat

image
Abituriyentlar diqqatiga! O‘qishga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi north_east

Abituriyentlar diqqatiga! O‘qishga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda super-kontrakt to‘liq bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi munosabat bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 13 sentyabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan 2017 yil 20 iyunda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaror o‘z kuchini yo‘qotgan.

Ushbu qarorga muvofiq, avval kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining (o‘quv yiliga amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobar va undan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori) 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilar edi.

Hozirgi kunda aynan shu tartib bekor qilingan.

Endilikda to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
  • 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
  • 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
  • 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

kontrakt super-kontrakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing