O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik va terroristik kontentlar ro‘yxati e’lon qilindi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi 2025 yil 2 sentyabr holatiga ko‘ra, ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini e’lon qildi.  

Huquq-tartibot idoralari murojaatiga asosan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tayyorlangan dinshunoslik ekspertizasi xulosasi asosida Oliy sudning 115 dan ortiq qarori chiqarilgan. Ularga muvofiq, 1 400 dan ortiq kontent radikal mazmunda deb topilgan. Xususan, Telegram’da 709 ta, Facebook’da 220 ta, YouTube’da 104 ta, Instagram’da 239 ta, TikTok’da 46 ta, Odnoklassnikida 27 ta, Shuningdek, veb-saytlar, elektron kitoblar, maqolalar va nashidalar bo‘yicha 40 ta kontent taqiqlangan.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm, terrorizm va diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan. Shu sababli, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolardan duch kelgan elektron kitob, maqola va ilovalarni, tekshirilmagan foto va video materiallarni yuklab olmaslik hamda shubhali audiolarni tinglamaslikni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Din ishlari bo'yicha qo'mita taqiqlangan kontentlar terroristik kontentlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing