O‘zbekistondagi II Jahon urushi qatnashchilari soni ochiqlandi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollar beriladi north_east

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollar beriladi

Bugungi kunda O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar 82 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda bugun, 1 may kuni Mudofaa vazirligi tomonidan AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Maxsus tarzda qayta ko‘rib chiqilgan harbiy qayd varaqalari asosida aniqlanishicha, O‘zbekistondan frontga 1 million 951 ming nafar kishi safarbar etilgan, ulardan 538 ming nafari halok bo‘lgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriy 82 nafarni tashkil qiladi. Ularning eng yoshi ulug‘i 114 yoshni qarshilagan.

Urush davrida O‘zbekiston muhim front orti markaziga aylangan. Bu yerda 280 ta yangi korxona barpo etilgan, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, respublika esa 1,5 milliondan ortiq evakuatsiya qilinganlarni, jumladan, 250 ming yetim bolani bag‘riga olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 2025 yil 9 mayda Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi nishonlanishi munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi II Jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing