O‘zbekistonga tovar olib kirish uchun bojxona yig‘imi miqdori o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga chet eldan tovarlar olib kirish uchun bojxona yig‘imi miqdori o‘zgardi. Bu haqda joriy yil 31 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi.

Qarorga muvofiq,  “Elektron navbat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktidan harakatlanish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi. Bunda xizmatdan foydalanish uchun vakolatli shaxs Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonalarida navbat olishi mumkin.

Bundan tashqari, endi avtotransport vositasi navbatlarni boshqarish tizimida belgilangan vaqtda yetib kelmaganda, olingan elektron navbat o‘z kuchini yo‘qotadi.  

Shuningdek, qarorga ko‘ra, “Jismoniy shaxslarning Davlat  chegarasi orqali o‘tkazish punktidan harakatlanishida “Fast-track” xizmatidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, xizmatdan foydalanish uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxsning vakili Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti yoki elektron to‘lov tizimlari orqali harakatlanishdan oldin elektron yoki o‘tkazish punktiga harakatlanish chog‘ida og‘zaki ravishda murojaat qiladi.

Xizmatdan foydalanadigan shaxslar hamda ularning qo‘l yuki va bagajlari nazorati ushbu xizmat uchun ajratilgan alohida joylarda davlat nazorati organlari tomonidan navbatsiz amalga oshiriladi, mazkur xizmatdan foydalanayotgan jismoniy shaxslar navbati bundan mustasno. Xizmatdan foydalanganlik uchun to‘lov 18 yoshga to‘lgan har bir jismoniy shaxs uchun navbat olinadigan kundagi BHMning 15 foizi miqdorida to‘lanadi. 

Chetdan olib kirilgan tovarlar uchun bojxona yig‘imi miqdorlari quyidagicha:


Maqola muallifi

Teglar

tovar bojxona yig'imi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing