O‘zbekistonlik pensionerlar ogohlantirildi
Jamiyat
−
14 fevral 42528 1 daqiqa
Ayni kunlarda telefon orqali pensiya yoshidagi fuqarolarga notanish raqamlar orqali qo‘ng‘iroq qilinib, ularning pensiyalari keyingi oydan oshirilishini aytib, plastik karta yoki pasport ma’lumotlarini so‘rash holatlari uchramoqda. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Xabarga ko‘ra, firibgarlar o‘zlarini bank yoki Pensiya jamg‘armasi xodimi sifatida tanishtirmoqda. Ya’ni, ular odamlarga “Nafaqangiz keyingi oydan oshiriladi. Buning uchun ma’lumotlaringizni va telefoningizga kelgan kodni aytsangiz, pensiyangiz kartangizga tushadi. Bo‘lmasa oshmay qoladi”, degan ma’noda yolg‘on gapirib, pensionerlarning ishonchiga kirishga urinish holatlari ko‘paygan.
Qayd etilishicha, Pensiya jamg‘armasi xodimlari hech qachon qo‘ng‘iroq qilib, shaxsiy ma’lumotlarni yoki telefonga kelgan kodlarni so‘ramaydi.
Begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy ma’lumotlarni hech qachon taqdim qilmaslik kerak. Shu kabi shubhali holatlarga duch kelganlar 1271 – Pensiya jamg‘armasining ishonch telefoni yoki 102 – Ichki ishlar organlari raqamlariga telefon qilish zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuzlab fuqarolarni Telegram orqali aldab, 4 milliard 800 million so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan shaxs 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi