O‘zbekistonning yanvar oyidagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilari e’lon qilindi

Sport

image

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Ushbu xalqaro tayyorgarlik uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston Superligasida to‘p surayotgan futbolchilardan 3 nafar darvozabon, 9 nafar himoyachi, 9 nafar yarim himoyachi va 9 nafar hujumchi jalb qilingan.

Manbaga ko‘ra, murabbiylar shtabi qaroriga asosan mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini BAA hududida o‘tkazilishi belgilangan. Ayni paytda xalqaro tanaffus mavjud emasligi hamda ko‘plab mamlakatlarda ichki chempionatlar davom etayotgani sababli, jamoaga asosan mahalliy chempionatda ishtirok etayotgan, milliy terma jamoaga nomzod futbolchilar jalb qilingan. Ushbu yig‘in davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini baholash va nazorat qilishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning may oyida Superliganing yetakchi klublariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Fabio Kannavaro o'quv-mashg'ulot yig'ini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing