Vinisius katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin

Sport

image

“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior “El-Klasiko”da almashtirilgan paytda murabbiy Xabi Alonsoga nisbatan bildirgan noroziligi sababli jiddiy intizomiy sanksiyaga duch kelishi mumkin. Futbolchining xatti-harakati 50 ming yevrodan ortiq jarima bilan jazolanish ehtimoli bor. Bu haqda “Mundo deportivo” nashri xabar berdi.

“Barselona”ga qarshi o‘yinning 71-daqiqasida almashtirilgan Vinisius zaxira o‘rindig‘iga yo‘l olayotganda norozilik ifodasida keskin imo-ishoralar va so‘zlar ishlatgandi. Telekameralar braziliyalik futbolchining “vai tomar no culo” (“senga la’nat”) degan iborasini qayd etgan. U zaxira o‘rindig‘iga yetib borganida esa “Har doim men, men jamoani tark etaman.  Yaxshisi ketaman” degan so‘zlarni aytgani eshitilgan.

Mazkur holat “Real Madrid” ichki intizomiy nizomi doirasida jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholanishi mumkin. 2015 yildan beri amalda bo‘lgan klub shartnomasiga ko‘ra, “klub, uning rahbariyati yoki murabbiylariga nisbatan haqoratli yoki yomon niyatli bayonotlar” og‘ir intizomiy xatti-harakat hisoblanadi.

Agar klub futbolchining bu harakatini jiddiy deb topsa, Vinisius moliyaviy jarimaga tortilishi yoki vaqtincha chetlatilishi mumkin. Shartnomadagi tartib bo‘yicha, braziliyalik futbolchining oyiga 1,25 million yevro maoshi inobatga olinsa, jarima summasi 53 ming yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

“Real Madrid” rahbariyati hozircha holat yuzasidan rasmiy bayonot bermagan, biroq Ispaniya sport nashrlari bu voqea klub ichida keng muhokama qilinayotganini haqida yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vinisius Junior Braziliyada o‘zining 25 yoshini nishonlash uchun Rio-de-Janeyroda uyushtirgan katta ziyofat chog‘ida qo‘shnilarining tinchligini buzgani sabab sud qilinishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima Vinisius Junior norozilik “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing