Vodiydagi metan “zapravka”lar qachon ochilishi aytildi
Jamiyat
−
06 Sentabr 8479 1 daqiqa
Avvalroq, Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qurilgan yangi magistral gaz quvurini tarmoqqa ulash ishlari olib borilayotgani sababli Farg‘ona vodiysidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritilishi haqida xabar berilgandi. Bugun, 6 sentyabr kuni soat 20:00 dan boshlab esa ushbu AGTKSHlar faoliyati qayta tiklanadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha qurilgan gaz quvuri tarmoqqa ulangan va montaj ishlari yakunlangan.
Shu sababdan, soat 20:00 dan boshlab Andijon, soat 21:00 dan boshlab esa Farg‘ona va Namagan viloyatlaridagi AGTKSHlar hamda yirik iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilishi qayta tiklanadi.
“Mazkur quvurning ishga tushirilishi vodiy viloyatlari iste’molchilarining tabiiy gaz ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi