Yangi yilda mast bo‘lib qolgan erkak o‘z ulfatini o‘ldirib qo‘ydi (video)

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentda mast erkak o‘zi bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan sherigini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, holat Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan. 2025 yilning o‘zida ichkilik sabab naq sakkiz marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan fuqaro Yangi yil bayrami arafasida shishadoshi bilan o‘zini bilmas darajada spirtli ichimlik iste’mol qilgan va o‘rtada kelib chiqqan janjal ortidan uni o‘ldirgan. 

IIBBga ko‘ra, fuqaro o‘tgan yilning o‘zida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini ham o‘tab chiqqan. 

Mazkur holat ortidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 29 noyabrida ichib olib fuqarolarning tinchini buzgan va ichki ishlar organi xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayollar ham jazolangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Toshkent Mirzo Ulug'bek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing