YeI 15 yildan so‘ng Suriya bilan sheriklikni tiklaydi

Olam

image

Yevroittifoq 2011 yildan beri muzlatilgan holatda qolayotgan Suriya bilan Sheriklik kelishuvini blokdan chiqardi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi Kengashi bayonotida aytiladi.

“Yevroittifoq Kengashi bugun Suriya bilan Sheriklik kelishuvi amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib turish qarorini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deyiladi bayonotda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, ushbu kelishuv 2011 yilda ag‘darilgan prezident Bashar Asad boshchiligidagi Suriya rahbariyatiga nisbatan inson huquqlarini buzish ayblovlari tufayli kiritilgan sanksiyalar doirasida to‘xtatib qo‘yilgan. Yevroittifoq Suriyadagi fuqarolar urushi paytida Asaddan hokimiyatni “yangi demokratik ma’muriyat”ga topshirishni talab qilgan.

Bryusseldagi matbuot anjumanida ushbu choralarni taqdim etar ekan, Yevroittifoqning O‘rta yer dengizi masalalari bo‘yicha komissari Dubravka Shuitsa Yevropa Ittifoqi tomonidan Suriya davlat institutlarini mustahkamlash uchun 15 million yevrolik dastur, shuningdek, 2026-2027 yillar uchun 280 million yevrolik yangi yordam dasturi tayyorlanayotganini ma’lum qilgan.

U Bryussel hozirda Suriyada barcha inson huquqlari va ozchiliklar huquqlariga rioya qilinyapti deb hisoblaydimi yoki yo‘qmi – bunga aniqlik kiritmagan. Suriya Yevropadan kelayotgan suriyalik migrantlar qaytishi uchun xavfsiz davlatmi, degan savolga javob berar ekan, Shuitsa “agar bu qaytish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, hech qanday muammo yo‘q”, deb ta’kidlagan va “mamlakatning ayrim qismlari xavfsiz bo‘lishi mumkin, boshqalari esa hali yo‘q”, deya qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya Prezidenti Ahmad ash-Shara Yaqin Sharq mamlakatlarini savdo yo‘llarini qayta qurish va AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaro oqibatlarini bartaraf etish uchun Suriyaning logistika imkoniyatlaridan foydalanishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Bashar Asad Evroittifoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing