Yevropa Kengashi YeI’ning 2026 yilgi byudjetini tasdiqladi

Olam

image

Bugun, 24 noyabr kuni Yevropa Kengashi Yevropa Ittifoqining 2026 yilga mo‘ljallangan yillik byudjetini rasman qabul qildi. Bu haqda Kengashning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu byudjet YeI Kengashi va Yevroparlament o‘rtasida 2025 yil 15 noyabrda erishilgan muzokara kelishuvi asosida shakllantirilgan. Hujjatga ko‘ra, jami majburiyatlar – 192,8 milliard yevro, umumiy to‘lovlar – 190,1 milliard yevro etib belgilangan.

Daniya Moliya vaziri va 2026 yilgi byudjet bo‘yicha bosh muzokarachi Nikolay Vammenning aytishicha, mazkur byudjet YeI’ning kelasi yilgi asosiy ustuvor yo‘nalishlarini – mudofaa, migratsiya, raqobatbardoshlik va inqirozlarga tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlaydi hamda ittifoqqa “fuqarolar ehtiyojlariga qat’iy javob berish imkonini beradi”.

Shuningdek, byudjetning moslashuvchanligi kuchaytirilib, kutilmagan holatlarga tezkor javob berish uchun 715,7 million yevro miqdorida zaxira qoldirilgan.

Byudjet Yevroparlament tomonidan tasdiqlangach, yakuniy kuchga kiradi. Mazkur ovoz berish joriy yilning 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu hujjat YeI’ning 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan ko‘p yillik moliyaviy asos (multiannual financial framework, MFF) doirasidagi oltinchi yillik byudjet hisoblanadi. Shuningdek, 2026 yilgi byudjet NextGenerationEU dasturi bilan qo‘shimcha ravishda COVID-19 dan tiklanish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing