Jizzaxda qoradori sotayotgan o‘qituvchi ushlandi (video)
3-sahifa
−
20 noyabr 2025 9137 1 daqiqa
Jizzax viloyatida 47 yoshli maktab o‘qituvchisi giyohvand moddalar sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, Sharof Rashidov tumanida yashovchi 47 yoshli fuqaro tumandagi umumta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelgan.
Jizzax IIB Tezkor guruh tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro o‘zi mehnat qilib kelgan ta’lim muassasasi yaqinida 1 million so‘m evaziga “marixuana” sotayotgan vaqtida protsessual tartibda ushlangan.
Tadbir jarayonida sotuvga mo‘ljallangan jami 14 gramm giyohvandlik moddasi daliliy ashyo sifatida rasmiy tartibda hujjatlashtirib olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda uyida 25,5 kg “marixuana” saqlagan shaxs ushlanganligi haqida xabar berilgandi.
Komila Qobilova
Live
Barchasi