Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
13 yanvar 3865 1 daqiqa
O‘tgan yilning 7 dekabr kuni Jizzax shahrida voyaga yetmagan qizni (maktab o‘quvchisi) mashina urib ketishi oqibatida u shifoxonada vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qizni 7 dekabr kuni mashina urib ketib, unga og‘ir tan-jarohati yetkazgan. U shifoxonaga yotqizilgan bo‘lsa-da, 20 dekabr kuni vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishi natijasida sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qonunga muvofiq ushlangan. Ayni vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda qoidabuzarlikni 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi sodir etgani, u otasiga tegishli Cobalt mashinasini boshqarib ketayotganda qizni urib yuborgani haqida xabarlar tarqalgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida katta tezlikda kelayotgan Gentra piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 16 yoshli qizni urib yuborgandi. Voqea oqibatida Yangiariq tumanida yashovchi, 2009 yilda tug‘ilgan qiz ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Live
Barchasi