Ikki davlat Prezidenti O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image

2025 yilning joriy haftasida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 27 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev joriy yilda iqtisodiyotda kutilgan natijalar va 2026 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezident AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy tadbir – UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini qabul qilmoqda. Prezident Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parij shahridan tashqarida o‘tkazilayotgan anjumanning ochilishida ishtirok etadi, madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, joriy haftada O‘zbekistonga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy tashrif bilan keladi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturini imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Finlyandiya Serbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing