Jud Bellingem Chempionlar ligasi rekordini yangiladi

Sport

image

Kecha, 4 noyabr oqshomida Jud Bellingem Chempionlar ligasi tarixidagi yangi rekordni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Angliyalik futbolchi Chempionlar ligasi tarixida 50 ta o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda “World soccer talk” nashri xabar berdi.


“Liverpul” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar ligasining 4-tur o‘yinida, 22 yosh va 128 kunlik Jud Bellingam Chempionlar ligasi tarixida 50 ta o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Shu yutug‘i bilan u 22 yosh va 155 kunlik paytida 50-o‘yinini o‘tkazgan Iker Kasilyas rekordini ortda qoldirdi.

Garchi ushbu uchrashuvda Bellingemning jamoasi “Enfild” da “Liverpul”ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, Jud “Real Madrid”ning eng faol futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Bellingem  joriy yilgi mavsumda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma sohibi hisoblanadi. Shu bilan birga, u “Real Madrid” yarim himoyasining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, Arda Gyuler bilan birga o‘yinni boshqarish va hujum sur’atini belgilashda muhim rol o‘ynamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” futbolchi Jud Bellingem yaqinda jarohatdan qaytgani sabab Angliya terma jamoasining oktyabr oyidagi uchrashuvlarini o‘tkazib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi Jud Bellingem “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing