Italiya ham O‘zbekistonga yangi elchi yubordi
Jamiyat
−
12 yanvar 714 1 daqiqa
Bugun, 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Gvido De Sanktisdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, savdo, investitsiya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlangan.
“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Saidov Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi Erik De Mayerdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgandi.
Live
Barchasi