Suriya AQSH vositachiligida Isroil bilan “do‘st tutinmoqchi”
Olam
−
05 yanvar 2612 1 daqiqa
Bugun, 5 yanvar kuni Suriya delegatsiyasi AQSH vositachiligida Isroil bilan muzokaralarga kirishdi. Bu haqda mamlakatning “Syria Arab News Agency” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Suriya delegatsiyasi Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Hasan al-Shiboniy hamda bosh razvedka boshqarmasi rahbari Husayn al-Salameh AQSH vositachiligida Isroil tomoni bilan olib borilayotgan muzokaralarda ishtirok etmoqda.
Bildirilishicha, muzokaralarning qayta tiklanishi Suriya tomonidan o‘zgarmas milliy huquqlarni tiklashga bo‘lgan qat’iy majburiyatni tasdiqlaydi.
Muzokaralar asosan 1974 yilgi qo‘shinlarni chekinish bitimini qayta faol qilishga qaratilgan, maqsad – Isroil qo‘shinlarini 2024 yil 8 dekabrdagi pozitsiyalarga qaytarish, shu bilan birga xavfsizlik bo‘yicha o‘zaro kelishuvni ta’minlash, Suriya suverenitetini to‘liq himoya qilish va mamlakat ichki ishlariga har qanday aralashuvning oldini olish.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2025 yilda ham Suriya va Isroil Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan yaratilgan aloqa kanalidan foydalanib, bilvosita muzokaralar o‘tkazgan edi.