O‘zbekiston turizmdan 15 mlrd dollar daromad olmoqchi – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivojida turizm va zamonaviy agrosanoat iqtisodiyotning asosiy drayver yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, so‘nggi besh oyda O‘zbekistonga kelgan xorijiy turistlar soni 27 foizga o‘sib, 5,5 million kishini tashkil etgan. Mamlakatda har yili 15–20 milliongacha xorijiy sayyohni qabul qilish hamda ularga kamida 15 milliard dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatish salohiyati mavjud.

Prezidentning ta’kidlashicha, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turizm markazlari bilan bir qatorda boshqa hududlarda ham sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish va investitsiya jalb qilish uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Shu bilan birga, an’anaviy qishloq xo‘jaligini zamonaviy agrobiznesga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston 70 dan ortiq davlatga yiliga 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksportini amalga oshirib, o‘z agrobrendini shakllantirgan.

Prezident forum ishtirokchilariga murojaat qilib, ularni viloyatlarga borib, mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishga, boy tajriba va texnologiyalar asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga chaqirgan.

Shuningdek, barcha hokimlar investorlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatishi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev turizm investitsiya forumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing