Hindistonda 111 kishi bo‘ron qurboniga aylandi (video)

Olam

image

Joriy yilning 13 may kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan kuchli bo‘ron va yomg‘ir oqibatida 111 kishi halok bo‘ldi, 72 kishi esa jarohat oldi. Bu haqda “Indian Express” gazetasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat Prayagraj, Pratapgarx, Bhadoxi, Fatehpur, Unnao, Kanpur Dehat, Chandauli, Sonbhadra va Badaun tumanlarida keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan.

Kuchli shamol va yomg‘ir oqibatida daraxtlar ildizi bilan qulagan, elektr uzatish liniyalari uzilgan, ko‘plab uylar zarar ko‘rgan.

13-may kuni kechqurun shtatning bir necha hududlarida chang bo‘roni, yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilgan. Halok bo‘lganlarning bir qismi qulagan daraxtlar, boshqalari esa buzilgan inshootlar va chaqmoq urishi oqibatida vafot etgan. Tabiiy ofat oqibatida 114 bosh chorva mollari ham nobud bo‘lgani xabar qilingan.

Rasmiylar qutqaruv va tozalash ishlariga jalb etilgan bo‘lib, vayronalarni bartaraf etish uchun og‘ir texnika va uskunalar ishlatilmoqda. Shuningdek, hukumat jabrlangan oilalarga 24 soat ichida tibbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq bergan.

Hindiston Meteorologiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, bunday bo‘ronlar mavsumda uchrab turadi, biroq bu safar shamol tezligi ayrim hududlarda soatiga 100 km dan oshgan.

Mutaxassislar ushbu kuchli ob-havo turli atmosferaviy omillar – siklonik aylanish va shamol oqimlari o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelganini bildirgan.

Zarnigor Xudoyberdiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston yomg'ir bo'ron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing