“Falokatlar davri”. Modi so‘nggi o‘n yillik haqida gapirdi

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi so‘nggi bir necha yil ichida yuz bergan voqealarni “falokatlar o‘n yilligi” deb ta’rifladi. Bu haqda u o‘z xalqaro turnesi doirasida tashrif buyurgan Gaaga shahridagi nutqida bayon qildi.

“Dastlab COVID-19 pandemiyasi bo‘ldi, keyin urushlar avj oldi, endi esa – energetik inqiroz. Bu o‘n yillik dunyo uchun falokatlar o‘n yilligiga aylanib bormoqda”, deydi u.

Modining fikricha, ushbu muammolarni tezkorlik bilan hal eta olmaslik global rivojlanish yutuqlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Buning oqibatida “dunyo aholisining juda katta qismi qashshoqlikka botadi”.

Iqtisodiyot barqarorligini mustahkamlash borasidagi global sa’y-harakatlarga to‘xtalar ekan, Modi Hindiston va Niderlandiya ishonchli ta’minot zanjirlarini yaratishga e’tibor qaratayotganini ko‘rsatib o‘tgan.

“Hindiston va Niderlandiya kelajakka tayyor bo‘lgan, ishonchli va shaffof ta’minot zanjirini yaratish uchun harakat qilmoqda”, deydi Hindiston Bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Modi energetik inqiroz fonida Hindiston fuqarolarini xorijiy safarlardan voz kechishga, yonilg‘ini tejashga va oltin sotib olmaslikka chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing