1 yilda qancha haydovchi yo‘lovchiga yengil jarohat yetkazgani uchun javobgarlikka tortilgani aytildi
3-sahifa
−
11 fevral 2637 1 daqiqa
2024 yilda transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi) bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha 40 119 nafar shaxsga nisbatan 39 270 ta ish ko‘rib tamomlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, shundan 26 063 nafar shaxsga nisbatan jarima va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024 yilda 9364 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi oqibatida 2203 nafar inson halok bo‘lgan va 8901 nafar inson tan jarohati olgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda 2024 yil davomida avtomobilni mast holda boshqargan 30 mingdan ortiq haydovchilarga jarima va qamoq jazosi tayinlangani ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi