AQSH va Yevropa Ukrainaga nimalarni va’da qilyapti?
Olam
−
12:49 2679 1 daqiqa
AQSH va Ukraina Rossiya bilan tinchlik kelishuvi va xavfsizlik kafolatlari asosida hujjatlar tayyorlashda davom etmoqda. Tinchlik rejasida allaqachon 20 ta asosiy punkt tayyor. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 22 dekabr kuni diplomatiya xizmati xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, asosiy hujjat – xavfsizlik kafolatlari bo‘lib, unda armiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlatlar majburiyatlari va detallari maxfiy ilovada aks ettiriladi. Shuningdek, Ukraina tiklanishi uchun urushdan keyingi kelishuv ustida ham ish davom etmoqda.
Keyinroq Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida AQSH va Yevropa tomonidan Ukrainaga beriladigan xavfsizlik kafolatlarini e’lon qildi. Ular orasida:
- Qurolli kuchlar uchun moddiy ta’minlash (qurolli kuchlar soni 800 ming kishi bo‘lishi kerak);
- Yevropa Ittifoqiga a’zolik;
- havo, dengiz va yerda xavfsizlikni ta’minlash;
- energetika, moliya va panoh masalalarida “istaganlar koalitsiyasi” bilan hamkorlik.
Zelenskiy AQSH kafolatlari Yevropa kafolatlaridan alohida bo‘lishini, qonuniy bo‘lishi uchun ularni AQSH Kongressi tasdiqlashi kerakligini ta’kidladi. Hujjat ustida ikki davlat vakillari birgalikda ishlagan, bu esa “haqiqiy natijaga juda yaqinligimizni” ko‘rsatadi.
Kreml hali yangi tinchlik rejasi va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha izoh bermagan. Oldinroq Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Ukraina va Yevropa tomonidan taklif qilingan urushni to‘xtatish rejalarini “natija bermaydi” degan edi.
Live
Barchasi