Aliyev Putinning mashvaratiga borishdan bosh tortdi
Olam
−
22 dekabr 8608 1 daqiqa
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 22 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDH norasmiy sammitida qatnashmaydi. Bu haqda “AzerTaj” davlat axborot agentligi Ozarbayjon rahbari devoniga tayanib xabar berdi.
Aliyevning sammitga kelmasligi tig‘iz kun tartibi bilan bog‘ligi aytilgan.
“Davlat rahbari bugun Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDHning norasmiy sammitida ish jadvali bandligi sababli qatnasha olmaydi”, deyiladi bayonotda.
Bayonotda Ozarbayjon MDHning rasmiy sammitlarida muntazam ravishda ishtirok etishi va Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikka, jumladan, a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berishi qayd etilgan.
Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Kreml Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning bandligi sababli Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida qatnasha olmasligini tushunadi.
“Biz to‘liq tushunyapmiz. Darhaqiqat, davlat rahbarlarining jadvali juda band, ayniqsa, dekabr oyida, Yangi yil arafasida”, deydi u.
MDH hozirda 11 ta davlatdan iborat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina, biroq Moldova va Ukraina tashkilot ishida ishtirok etmagani uchun uzoq vaqtdan beri nominal a’zolar bo‘lib kelgan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr