Amudaryodan 10 kilo narkotik olib o‘tgan afg‘onistonlik ushlandi
3-sahifa
−
25 mart 2539 1 daqiqa
Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokurer ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari qo‘shni Afg‘onistondan mamlakatga kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalarni to‘xtatib qolgan.
Xususan, Afg‘onistonning Qunduz viloyatida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan shaxs davlat chegarasini buzgan holda, Amudaryodan qayiqda suzib o‘tgan vaqtida qo‘lga olingan.
Uning yonida bo‘lgan 2 ta qopning ichida esa jami 10 dona o‘ramda, sof og‘irligi 10 kg 354 gr bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari doirasida ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg narkotik moddani olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi