Andijonda “qizil”da o‘tgan Nexia 2 kishini urib, uchirib yubordi (video)
3-sahifa
−
13 Sentabr 20017 2 daqiqa
Joriy yilning 4 sentyabr kuni Andijon viloyatida svetoforning qizil chirog‘ida o‘tgan Nexia-2 moped va velosiped haydovchisini urib, uchirib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, Qo‘rg‘ontepa tumani, Xonko‘cha mahallasi hududidan o‘tgan D-137 “Teshiktosh-Oyim Qo‘rg‘ontepa-Yorqishloq” avtomobil yo‘lining 48-kilometrida 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi A.Q. o‘z boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli mashinasini Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida boshqarib kelib, tartibga solingan chorrahada svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib ketgan. Shundan so‘ng, chorrahaning chap tomonidan chiqayotgan moped bilan to‘qnashuv sodir etib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan velosiped haydovchisini ham urib yuborgan.
Bildirilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida moped haydovchisi Sh.A. hamda velosiped haydovchisi B.N. yengil tan jarohati olib, Qo‘rg‘ontepa tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qoidabuzarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo chorasi ko‘rilishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Spark va YPX mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Davlat raqam belgilarisiz Spark o‘z yo‘nalishida 1-qatorda harakatlanib kelayotgan YPX xodimi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli xizmat avtomashinasi bilan to‘qnashib, uni ag‘darib yuborgan. YTH oqibatida avtomashina haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi