Avstriya JCH debyutantini mag‘lub etdi
Sport
−
11:24 1206 1 daqiqa
Bugun, 17 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Avstriya va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs Avstriya terma jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Avstriyaliklar 20-daqiqada hisobni ochishdi. Golga Romano Shmid mualliflik qildi. Iordaniya terma jamoasi esa 50-daqiqada Ali Olvanning aniq zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvdagi hal qiluvchi vaziyat 76-daqiqada yuz berdi. Iordaniya himoyachisi Yazan Al-Arab to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi va shu tariqa Avstriya yana oldinga o‘tib oldi. Bahsga nuqtani esa tajribali hujumchi Marko Arnautovich qo‘ydi. U 90+12 daqiqada belgilangan penaltidan unumli foydalanib, jamoasining uchinchi golini kiritdi. Shu tariqa, Avstriya va Argentina terma jamoalari 1-turdan so‘ng “J” guruhida peshqadamlik qilmoqda.
Endilikda Avstriya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini joriy yilning 22 iyun kuni Argentinaga qarshi o‘tkazadi. Iordaniya terma jamoasi esa 23 iyun kuni Jazoir bilan maydonga tushadi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi