Britaniyaning sobiq bosh vaziri Microsoft’ga ishga kirdi
Olam
−
10 Oktabr 5751 1 daqiqa
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Rishi Sunak Microsoft korporatsiyasining katta maslahatchisi lavozimini egalladi. U, shuningdek, Amerikaning Anthropic startap kompaniyasiga ham maslahatchilik qiladi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Sunak ushbu kompaniyalarda lavozim olganiga qaramay, hali ham Buyuk Britaniya parlamenti deputati hisoblanadi. Shuningdek, u ilgari tahlilchi sifatida ishlagan Amerikaning Goldman Sachs bankidagi maslahatchi lavozimini ham davom ettiradi.
“Men katta maslahatchi sifatida o‘zgarishlar insonlar hayotini iloji boricha yaxshilashga xizmat qilishiga yordam bermoqchiman”, deydi sobiq bosh vazir.
U, shuningdek, bu lavozimlardan oladigan maoshini o‘zi va rafiqasi asos solgan The Richmond Project xayriya tashkilotiga ehson qilishini ma’lum qilgan.
Anthropic va Microsoft Sunak Buyuk Britaniyada “mos ravishda izolyatsiyalangan va har qanday lobbi faoliyatidan ajratilgan” bo‘lishini va’da qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rishi Sunak 2022 yil kuzida Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan edi. U 2024 yil yozida saylovlardagi mag‘lubiyatdan so‘ng hukumat rahbari lavozimini tark etganini e’lon qildi va rafiqasi bilan birga Dauning-stritdagi uyini tark etdi. Uning o‘rnini Leyboristlar partiyasi yetakchisi Kir Starmer egalladi.
Live
Barchasi22:46
17:24