Bo‘stonliqdagi “dacha”da salkam 2 mlrd so‘mlik tok o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
26 Sentabr 3898 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi dalahovlida 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar F.M, D.M va boshqalar Bo‘stonliq tumani, “Chimgan” MFY hududidagi dalahovlida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari ulanib, 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘margani aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi yashirin konserva sexi gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, 889,8 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Bu qonunbuzarlik ortidan u davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Dilbar Shoakromova
Live
Barchasi