Chexiyada hayvonlarini o‘ldirish jinoyat deb topilishi mumkin

Olam

image

Chexiya hukumati uy hayvonlarini o‘ldirganlik uchun jinoiy jazo belgilashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda ČTK xabar berdi.

“Uy hayvonini qasddan o‘ldirish ma’muriy huquqbuzarlik toifasidan jinoiy javobgarlik toifasiga o‘tkaziladi”, deydi Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Sanoat va savdo vaziri Karel Gavlichek.

Qonun loyihasiga ko‘ra, ushbu jinoyat uchun bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf soladi. Hujjat tasdiqlash uchun mamlakat parlamentining Deputatlar palatasiga (quyi palata) yuborilgan.

Gap hayvonlarni, masalan, o‘ch olish maqsadida, ko‘ngil ochish uchun, uni boqishga bo‘lgan qiziqish yo‘qolgani sababli yoki boshqa noqonuniy harakatni yashirish maqsadida o‘ldirish holatlari haqida bormoqda. Mualliflarining fikricha, aynan shunday motivlar qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini jinoiy javobgarlik darajasigacha oshiradi.

Hozirda Chexiyada hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, agar u o‘ta shafqatsiz yoki azobli usulda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat hisoblanadi. Agar bunday belgilar bo‘lmasa, ish ma’muriy huquqbuzarlik sifatida malakalanishi mumkin edi. Yangi jinoyat tarkibi aynan mana shu bo‘shliqni to‘ldirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning yirik texnologik kompaniyalaridan biri “Tencent” uy hayvonlari uchun mo‘ljallangan maxsus telekanal – Pet.TV’ni ishga tushirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat uy hayvonlari jinoiy jazo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing