Dollar kursi Toshkentda kvartira narxlariga ta’sir qildi

Jamiyat

image
Dollarning rasmiy kursi keskin tushib ketdi north_east

Dollarning rasmiy kursi keskin tushib ketdi

Joriy yilning sentyabr oyida dollar kursining pasayishi va yangi o‘quv yilining boshlanishi Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlariga ta’sir qildi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlilida keltirilgan.

Qayd etilishicha, AQSH dollarining so‘mga nisbatan qadrsizlanishi uy-joylar uchun ijara narxlarining dollardagi qiymati oshishiga olib kelgan. Buning ortidan dollar hisobida ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan ko‘tarildi. Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ijaraga beruvchilarning ijara narxlari oshishi bo‘yicha kutilmalari taklif etilayotgan narx-navoga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi

Mazkur davrda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif qilingan o‘rtacha ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan quyidagicha ko‘tarilgan:

  • 1 xonali: 16 dollar (318 dollardan 334 dollarga);
  • 2 xonali: 18 dollar (394 dollardan 412 dollarga);
  • 3 xonali: 25 dollar (477 dollardan 502 dollarga);
  • 4 xonali: 19 dollar (537 dollardan 556 dollarga).

Nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli tumani (1 xonali – 293 dollar, 2 xonali – 365 dollar, 3 xonali – 412 dollar, 4 xonali – 474 dollar);
  • Uchtepa tumani (1 xonali – 316 dollar, 2 xonali – 381 dollar, 3 xonali – 432 dollar, 4 xonali – 400 dollar).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

  • Shayxontohur tumani (1 xonali – 354 dollar, 2 xonali – 472 dollar, 3 xonali – 604 dollar, 4 xonali – 617 dollar);
  • Yakkasaroy tumani (1 xonali – 402 dollar, 2 xonali – 506 dollar, 3 xonali – 660 dollar, 4 xonali – 800 dollar).

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi

Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari quyidagicha qimmatladi:

  • 1 xonali: 22 dollar (413 dollardan 435 dollarga);
  • 2 xonali: 34 dollar (580 dollardan 614 dollarga);
  • 3 xonali: 50 dollar (824 dollardan 874 dollarga);
  • 4 xonali: 16 dollar (1185 dollardan 1201 dollarga).

Nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli tumani (1 xonali – 318 dollar, 2 xonali – 419 dollar, 3 xonali – 497 dollar, 4 xonali – 588 dollar);
  • Uchtepa tumani (1 xonali – 355 dollar, 2 xonali – 464 dollar, 3 xonali – 535 dollar, 4 xonali – 550 dollar).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

  • Mirobod tumani (1 xonali – 479 dollar, 2 xonali – 762 dollar, 3 xonali – 1075 dollar, 4 xonali – 1462 dollar);
  • Shayxontohur tumani (1 xonali – 535 dollar, 2 xonali – 746 dollar, 3 xonali – 1094 dollar, 4 xonali – 1369 dollar).

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Dollar kursi kvartira narxlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing