Dron mojarosi ortidan Polsha Rossiya elchisini TIVga chaqirtirdi
Olam
−
10 Sentabr 3064 1 daqiqa
Bugun, 10 sentyabr kuni Rossiyaning Varshavadagi Muvaqqat ishlar vakili Andrey Ordash Polsha osmonidagi dronlar haqidagi xabarlar ortidan Polsha Tashqi Ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, diplomat bugun, 10 sentyabr kuni soat 12:00 da vazirlikka taklif qilingan.
Diplomat Polsha rasmiylarining o‘z hududi uzra urib tushirilgan uchuvchisiz samolyotlarni Rossiya tarafidan ekanligi haqidagi bayonotlarini asossiz deb atab, dronlarni Rossiyaga tegishli ekanligi haqida hech qanday dalil keltirilmaganini ta’kidlagan.
“Qulagan dronlarning aniq kelib chiqish joyini tasdiqlash mumkin bo‘lgan yagona holat 2022 yilning noyabr oyida Ukraina raketasi bo‘lgan. Raketa Ukrainadan uchirilgan. U ikki polyaknining o‘limiga sabab bo‘lgan”, deb ta’kidlagan Muvaqqat ishlar vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha birinchi marta g‘arbiy Ukrainaning Rossiya tomonidan nishonga olinishi vaqtida mamlakat havo hududini buzgan dronlarga qarata o‘t ochgan edi. NATO esa Rossiyaning uchuvchisiz samolyotlarining Polsha havo hududini buzishini to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum deb hisoblamasligini bildirdi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi