Eron urushi AQSHda qurol taqchilligini keltirib chiqaryaptimi?

Olam

image

AQSHning Eronga qarshi harbiy amaliyoti ittifoqchi davlatlar orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Yevropa va Osiyo mamlakatlari Vashington urush davomida katta miqdorda o‘q-dorilar sarflayotgani sababli, buyurtma qilingan qurollar kechikishi yoki umuman yetkazib berilmasligidan sarosimaga tushmoqda. Bu haqda “Politico” yozdi.

Ayrim yevropalik amaldorlar Rossiyadan ehtimoliy tahdid fonida mudofaa zaxiralarini tiklashga harakat qilayotgan bir paytda, AQSH tomonidan o‘q-dorilarning katta qismi Eronga qarshi operatsiyalarda ishlatilishi ularning xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Osiyoda esa bu holat Xitoy va Shimoliy Koreya kabi raqib davlatlarni yanada faollashtirishi mumkinligi haqida taxminlar bor.

Manbalarga ko‘ra, Pentagon armiyasi so‘nggi kunlarda aniq nishonga uradigan texnikalar, “Patriot” tizimlari uchun tutuvchi raketalar hamda “Tomahawk” kabi yuqori texnologiyali qurollarni katta miqdorda ishlatmoqda. Bu esa AQSHning o‘zida ham o‘q-dorilar zaxirasi masalasini kun tartibiga chiqargan.

Shu bilan birga, Vashington mudofaa sanoati kompaniyalari bilan ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani aytilmoqda. Ammo ekspertlar murakkab raketalar va havo mudofaa tizimlarini qisqa vaqt ichida ommaviy ishlab chiqarish oson emasligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Eronga qarshi “Epik g‘azab” harbiy operatsiyasining dastlabki 100 soati taxminan 3,72 milliard dollarga tushgani aytilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing