Ertaga yerliklar super Oy hodisasini kuzatishi mumkin
Bu qiziq
−
04 noyabr 58821 1 daqiqa
Joriy yilning eng katta super Oy hodisasi ertaga, 5 noyabr kuni kuzatiladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Oy Yerga 357 ming kilometrdan kam masofada yaqinlashadi. Shu sababli u odatdagidan taxminan 8 foiz kattaroq va 16 foiz yorqinroq ko‘rinadi. Olimlarning tushuntirishicha, super Oy hodisasi Oy Yerga eng yaqin nuqtada bo‘lgan paytga to‘g‘ri kelganda yuz beradi.
Bu manzarani butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Toshkentda Oy soat 21:50 atrofida ko‘tariladi va eng go‘zal manzarani aynan chiqish paytida kuzatish mumkin bo‘ladi. Bu joriy yilgi oxirgi super Oy bo‘lib, havo tiniq bo‘lsa, uni “qurollanmagan” ko‘z bilan ham tomosha qilish imkoniyati bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7 sentyabrdan 8 sentyabrga o‘tar kechasi Yer aholisi noyob astronomik hodisaga – Oyning to‘liq tutilishiga guvoh bo‘lgandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr