Fyuri kelasi yil ringga qaytmoqchi

Sport

image

Britaniyalik Tayson Fyuri professional boksdagi faoliyatini tiklamoqchi va keyingi yil ringga qaytish niyatida. Bu haqda “The Ring” nashri xabar berdi.

WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring, IBF versiyalari bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren o‘z vakilining 2026 yilda ringga qaytishi va navbatdagi jangini o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

“O‘tgan hafta u bilan suhbatlashdim. U kelasi yili qaytib, jang o‘tkazmoqchi ekanini aytdi. Tayson ringga qaytishni istayapti”, dedi promouter.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyida Tayson Fyuri professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Biroq yozning boshida britaniyalik bokschi kelasi yili yana ringga qaytib, Usik yoki Joshuga qarshi jang o‘tkazishdan manfaatdor ekanini bir necha bor ta’kidlagandi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

boks Tayson F'yuri Frenk Uorren

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing