Folker Tyurk hukumatlarni o‘lim jazosidan voz kechishga chaqirdi
Olam
−
03 Oktabr 2135
BMTning Inson huquqlari idorasi Oliy komissari Folker Tyurk 2025 yilda o‘lim jazosi mutlaq noo‘rin ekanini aytib, bu jazoni qo‘llayotgan mamlakatlarni jazoni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda idoraning matbuot xizmati xabar berdi.
BMT vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘lim jazosi inson qadr-qimmatini poymol, jamiyatni esa shafqatsiz qiladi va adolat tizimini buzadi. O‘lim jazosi jinoyatni oldini olish vositasi sifatida samarasizligini isbotlagan. Jamiyatni himoya qilishning asosiy yo‘li qatl qilish emas, kuchli institutlar va javobgarlikdan iboratdir.
Shuningdek, Folker Tyurk dunyoda o‘lim jazosiga hukm qilingan mahbuslar soni ortib borayotganini ta’kidlab, barcha hukumatlarni rasmiy moratoriylar joriy etishga, o‘lim jazosini boshqa jazoga o‘zgartirishga, qatlga hukm qilinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar sonini kamaytirish choralarini ko‘rishga chaqirgan.
“Dunyo mamlakatlarining uchdan ikki qismi o‘lim jazosini rasman bekor qilgan. 30 ga yaqin davlat qatl jazosini qo‘llashda davom etmoqda. 40 dan ortiq mamlakat o‘lim jazosini amalda bekor qilgan bo‘lsa-da, lekin ular buni qonuniy ravishda mustahkamlamadi”, deydi BMT vakili
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatda o‘lim jazosini joriy etishni taklif qilgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi