Germaniyada oqova suvlardan xavfli virus topildi
Olam
−
13 noyabr 2052 1 daqiqa
Germaniyada polio (poliomiyelit) kasalligini keltirib chiqaruvchi yovvoyi poliovirus shtammi aniqlandi. Bu haqda Robert Koh institutiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, mamlakatda so‘nggi infeksiya holati 1990 yilda qayd etilgan. Mutaxassislar virusni 2021 yildan buyon Germaniyada atrof-muhit namunalarini rejalashtirilgan monitoring jarayonida aniqlagan.
Shu bilan birga, mutaxassislarning aytishicha, yuqori darajadagi emlash tufayli insonlarda infektsiya holatlari qayd etilmagan.
Ma’lumot uchun, poliomiyelit asab tizimini zararlovchi xavfli kasallik. U infeksiyali oziq-ovqat va suv orqali tarqaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya ko‘rshapalaklarida yangi virus turi aniqlangandi. Uning namunalari bir vaqtning o‘zida ikki shtatda – Maranyan va San-Paulu hududlarida topilgan.