Gretsiyada ish tashlash oqibatida sayohat va xizmatlar to‘xtatildi

Olam

image

Gretsiyada butun mamlakat bo‘ylab e’lon qilingan umumiy ish tashlash paromlarning portda qolib ketishiga va poytaxt bo‘ylab jamoat transporti faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Gretsiya poytaxti Afinada 24 soatlik ish tashlash davomida hech qanday poyezdlar va taksilar ishlamagan. Shuningdek, avtobus, metro, tramvay va trolleybuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlangan. 

Bundan tashqari, ish tashlash oqibatida Gretsiya bo‘ylab maktablar, sudlar, davlat shifoxonalarining xizmati to‘xtatildi.  
Gretsiyada qonuniy ish kuni sakkiz soatni tashkil etadi. Davlat xizmatchilari va xususiy sektor ishchilari vakillik qiladigan kasaba uyushmalari mehnat qonunchiligidagi yangi o‘zgarishga, ya’ni qo‘shimcha ish vaqti bilan hisoblaganda 13 soatlik ish vaqtiga norozilik bildirgan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, qo‘shimcha ishlarni o‘z ichiga olgan ish soatlari haftasiga 48 soatni, yillik maksimal qo‘shimcha ish soati esa 150 soatni tashkil qiladi.

Kasaba uyushmalarining ta’kidlashicha, yangi qoidalar ish beruvchilar tomonidan  ishchilar mehnatini suiite’mol qilishga olib keladi.

 “Biz 13 soatlik ish vaqtidan norozimiz. Charchoq bu rivojlanish emas, insonning chidamlilik darajasida ham bor.” dedi xususiy sektor kasaba uyishmalari o‘z bayonotida.

Kasaba uyushmasi 37,5 soatlik ish haftasiga qaytishni va jamoaviy kelishuv shartnomalarini tiklashni talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklarga ish tashlash huquqi berilgan edi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan muhokama qilingan, Senatning “Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunchilik taklifida aytilgan edi.

Malikabonu Muhammedova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Gretsiya ish tashlash Afina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing