Gruziyadagi aviahalokat: 18 harbiyning jasadi topildi

Olam

image

Gruziyada qulagan Turkiya harbiy havo kuchlariga tegishli C-130 samolyoti halokati oqibatida vafot etgan 20 kishidan 18 nafarining jasadi topildi. Yana ikki kishining jasadi qidirilmoqda. Bu haqda bugun, 12 noyabr kuni Gruziya Ichki ishlar vaziri Gela Geladze ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotda jami 20 kishi bo‘lgan va ularning barchasi halokat oqibatida vafot etgan.

“Bortda 20 kishi bo‘lgan. 18 kishining jasadi topildi, yana ikki kishi qidirlyapti. Men Turkiya Ichki ishlar vaziri bilan doimiy aloqada va muvofiqlikda ishlayapman”, deydi Geladze.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 noyabr kuni Turkiya harbiy samolyoti Gruziya hududida qulab tushgan edi. Samolyot bortida 20 nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan. Halokat Sighnaghi munitsipalitetida, Gruziya chegarasidan taxminan 5 km uzoqlikda sodir bo‘lgan.

Gruziya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hodisa yuzasidan “havo transportidan foydalanish yoki xavfsizlik qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Turkiya aviahalokat C-130

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing