Isroil G‘azo sektorida janglarni qayta boshlashi mumkin – OAV

Olam

image

Isroil XAMASdan g‘azablangan holda G‘azo sektorida yangi yerusti operatsiyasi rejasini ishlab chiqqan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar beradi.

Nashrga ko‘ra, XAMAS AQSH Prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha erishilgan kelishuvga zid ravishda qurolsizlanishdan bosh tortgani sababli, Isroil armiyasi G‘azo sektorida yangi yerusti operatsiyasi rejasini ishlab chiqqan. 

“XAMAS mablag‘lar evaziga tinchlik paytida o‘zi tiklab olmoqda. Xususan, G‘azo sektoridagi urush paytida yo‘qotgan harbiy imkoniyatlarini va lagerlarni qayta ta’mirlamoqda”, deyiladi xabarda. 

Shu bilan birga, HAMAS G‘azo sektoridan tashqarida yangi qo‘mondoni saylanganidan keyin qurolsizlanish bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkin. Nomzodlar orasida qurolsizlanishga qarshi bo‘lgan Halil al-Hayya va o‘zining mo‘’tadilroq pozitsiyasi bilan tanilgan Holid Meshal bor. Bu esa Isroilning g‘azabini qo‘zg‘atgan. Isroil XAMAS jangchilari sonini taxminan 20 000 kishi deb hisoblamoqda. Isroil va AQSH G‘azoni qayta tiklash faqat XAMAS qurolsizlantirilgandan keyingina boshlanishini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil ko‘chmanchilari falastinlik qariyani kaltaklagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing