Isroil G‘azodagi shifoxonani o‘qqa tutdi
Olam
−
29 Sentabr 2508 1 daqiqa
Kecha, 28 sentyabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi Al-Helou shifoxonasini ikkita artilleriya o‘qlari bilan nishonga oldi. Bu haqda WAFA xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonadagi bo‘limlarda saraton va boshqa kasalliklardan davolanayotgan bemorlar, shuningdek, neonatalogiya bo‘limida 12 nafar erta tug‘ilgan chaqaloq ham bo‘lgan.
Tibbiyot xodimlarining aytishicha, Isroil tanklari shifoxonani o‘rab olib, tashqariga chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ygan.
“Hujum oqibatida 90 dan ortiq falastinlik, jumladan, shifokorlar, hamshiralar va bemorlar shifoxona ichida qolib ketgan”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Qayd etish joiz, harbiy amaliyotlar oqibatida 2023 yilning 7 oktyabridan beri shu kunga qadar 64 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, 166 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, 367 nafar mahalliy aholi, jumladan, 131 bola ochlikdan vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalrok Isroil armiyasi G‘azo sektorining turli hududlariga zarba berishi oqibatida kamida 40 falastinlik halok bo‘lgandi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi