Qirg‘iziston Suriyaga 150 tonna gumanitar yordam yubordi

Olam

image

Qirg‘iziston Suriya xalqiga umumiy og‘irligi 150 tonnaga yaqin bo‘lgan gumanitar yordam yubordi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Prezident topshirig‘iga muvofiq, yukni yetkazib berishni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda va Turkiyaning tegishli idoralari yordamida amalga oshirdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Suriyaga un, guruch, shakar, o‘simlik yog‘i va boshqa turdagi zarur mahsulotlar yetkazib berilgan.

“Bu gumanitar aksiya davlat rahbari va Qirg‘iz xalqi tomonidan tinchlikni mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash hamda ehtiyojmand davlatlarga insonparvar yordam ko‘rsatishga bo‘lgan sadoqatning amaldagi ifodasi bo‘ldi”, deyiladi bayonotda.

Suriya hukumati vakillari esa, Suriya Arab Respublikasi muvaqqat prezidenti Ahmad Husayn ash-Shara va Suriya xalqi nomidan, Qirg‘iziston Prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildirib, bu yordamni “juda muhim va haqiqiy birodarona qo‘llab-quvvatlash” deb ta’kidladi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing