Qizlarni Hindistonga fohishalikka jo‘natayotganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro eraportidan Hindiston davlatiga fohishalikka jo‘natilayotgan 2 qiz to‘xtatib qolindi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashovchi 41 hamda 31 yoshli shaxslar o‘zaro til biriktirib, moddiy jihatdan qiynalgan yosh qizlarni mo‘may daromad topishga ishontirgan. Ular qizlarni fohishlik qilishi uchun Hindiston davlatiga jo‘natishni rejalashtirgan. 

Ular Hindiston davlatidan bo‘lgan sheriklari yordamida 23 va 25 yoshli qizlarni o‘sha mamlakatga jo‘natishni maqsad qilib, ularni kuzatayotgan vaqtida aeroportda qo‘lga olingan. 

Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida 31, 23 va 18 yoshli qizlarni Tailandga fohishalik uchun yuborayotgan 53 yoshli ayol qo‘lga tushgandi. Ushbu ayolga ham Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik Hindiston Oqdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing