Qozog‘iston Yaqin Sharqdan fuqarolarini evakuatsiya qilishni yakunladi

Olam

image

Qozog‘iston Yaqin Sharq mintaqasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayonini yakunladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikning xabar qilishicha, evakuatsiya jarayonida jami 10 275 nafar Qozog‘iston fuqarosi vatanga qaytarilgan. Fuqarolarni olib chiqish ishlari quruqlik va havo yo‘llari orqali amalga oshirilgan.

Ta’kidlanishicha, evakuatsiya jarayonida Qozog‘istonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari muhim rol o‘ynagan. Ular xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlagan, fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik va tashkiliy yordam ko‘rsatgan.

Shuningdek, fuqarolarni xavfsiz hududlarga olib chiqish, transport masalalarini hal etish hamda ularni Qozog‘istonga yetkazish jarayoni davlat idoralari va xalqaro hamkorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borilgan.

“Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi davlat organlari hamda xorijiy hamkorlarga Qozog‘iston fuqarolarining o‘z vatanlariga xavfsiz qaytishini ta’minlashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi urush fonida mintaqadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 32 934 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligi evakuatsiya Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing