Kannavaro Toshkentga keldi

Sport

image

Bugun, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi bilan birga Toshkentga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etish joiz, Jahon chempioni hamda “Oltin to‘p” sohibi O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin turibdi. Italiyalik mutaxassis mazkur lavozimni egallash bo‘yicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro futboldagi faoliyatini yakunlagach, Yaqin Sharq va Xitoy klublarini boshqargan. 2019 yilda u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2022 yildan 2023 yilgacha Italiyaning “Benevento” klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2024 yilning aprelida u “Udineze” (Italiya) klubini qabul qilib olgan va bir muddat ishlagan.  Shundan so‘ng, Kannavaro Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. U joriy yilning 9 aprelidan buyon ishsiz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 52 yoshli mutaxassisning maoshi murabbiylik xarajatlarini hisobga olgan holda yiliga taxminan 4 million yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgan edi . Xalqaro nashrlar bu ko‘rsatkich bilan Kannavaroning dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi to‘rtinchi murabbiy bo‘lishini yozdi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi O'zbekiston MTJ Fabio Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing