Kapadze Indoneziya MTJni boshqarishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yordamchi murabbiyi Temur Kapadze Indoneziya milliy terma jamoasini boshqarish uchun nomzodlar qatorida tilga olinmoqda. Bu haqda “Goalmedia” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Indoneziya MTJ murabbiyligi uchun 3 nafar nomzod bor. Xususan, Iroq terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xesus Kasas, “Persiya Jakarta”ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Doll hamda O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze.

Qayd etish joiz, bungacha Indoneziya futbol federatsiyasi va terma jamoa bosh murabbiyi Patrik Klyuyvert o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgandi. 49 yoshli Klyuyvert 2025 yil yanvaridan beri Indoneziya terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. U bilan tuzilgan bitim 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uni uzaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘lgan. Klyuyvert boshchiligida jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazgan. Ulardan 4 tasida mag‘lub bo‘lgan, 3 tasida g‘alaba qozongan va 1 tasini durang bilan yakunlagan.

Klyuyvert bilan shartnomaning bekor qilinishiga Indoneziya terma jamoasining Jahon chempionati-2026 Osiyo saralash bosqichining “B” guruhida biror ochko to‘play olmasdan so‘nggi o‘rinni egallagani va turnirning final bosqichiga chiqa olmagani sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya Temur Kapadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing