Xitoy bilan chiroyli o‘yin bo‘ladi – Ravshan Haydarov

Sport

image

Ertaga, 17 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi chorak finalda doirasida Xitoyga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Oldimizga qo‘yilgan dastlabki vazifani bajarib, shu bosqichga yetib kelganimizdan xursandmiz. Pley-offga chiqqan barcha jamoalarni qutlaymiz. Ertaga maqsadlarimizga erishish yo‘lidagi eng muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi. Tiklanish jarayonidan o‘tib, Xitoyning o‘yinlarni tahlil qilib chiqdik. O‘ylaymanki, jamoamiz o‘yinga shay holatda. Xitoyni anchadan beri bilamiz. Ko‘p musobaqalarda ro‘baro‘ kelganmiz. Yildan-yilga rivojlanish va tarkib o‘zgarishi kuzatiladi. Ularda jamoa o‘zining eng yaxshi davriga kelgan va yetuk avlod shakllangan. Xitoyda murabbiylar shtabi ham anchadan buyon birga ishlab keladi. Hurmatga sazovor va kuchli jamoa. Ularning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib, yigitlarga yetkazyapmiz. Ertaga chiroyli o‘yin bo‘ladi”, deydi Ravshan Haydarov.

Shuningdek, Ravshan Haydarov musobaqa uchun U-21 jamoamizni tanlab olinganining sababi asosiy urg‘u Olimpiada yoshidagi futbolchilarga qaratilganligini aytib o‘tdi. 

O‘zbekiston – Xitoy olimpiya terma jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 boshlanadi. 

Ma’lumot uchun, Xitoy olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi “D” guruhida 2 ta durang va 1 ta g‘alaba qayd etgan holda 2‑o‘rin bilan chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa “C” guruhida 2 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etib, 1‑o‘rin bilan musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘l oldi.  

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs g‘olibi yarim finalda Vetnam-Birlashgan Arab Amirliklari g‘olibi bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Osiyo kubogi Ravshan Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing