Xitoyda smartfonidan boshini ko‘tarmagan talaba falaj bo‘lib qoldi
Olam
−
03 Sentabr 4602 1 daqiqa
Xitoyda 19 yoshli talaba Syao Dun smartfoniga uzoq vaqt davomida boshini egib qarab yurishi oqibatida falaj bo‘lib qoldi. Futszyan viloyatida yashovchi yigit restoranda ishlash paytida ham, tanaffuslarda ham doim telefoniga qarab o‘tirgan. Bu haqda “Oddity Central” xabar berdi.
Doimiy bo‘yinga tushgan zo‘riqish natijasida qon tomirida tromb paydo bo‘lib, u miya faoliyatiga ta’sir qilgan. Oqibatda, yigit bir kuni ertalab uyg‘onganida butunlay harakatlana olmay qolgan.
Shifokorlar zudlik bilan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Hozirda Syao Dun reabilitatsiya jarayonida bo‘lib, mutaxassislar uning asta-sekin sog‘ayib ketishiga umid bildirmoqda.
Bu hodisa tibbiyot mutaxassislarini yana bir bor ogohlantirishga majbur qildi: uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri holatda telefonga qarash jiddiy sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi