Xitoydan 200 mln yillik dinozavr izlari topildi

Olam

image

Xitoydagi Sichuan provinsiyasida paleontologlar 200 million yillik dinozavr izlarini topdi. Bu haqda “Global Times” xabar berdi.

Tadqiqotchilar qoya devorida 20 dan ortiq dinozavr izlarini ko‘rgan, ularning haqiqiyligi Xitoy Geologiya fanlari universiteti dotsenti Sin Lida boshchiligidagi ilmiy guruh tomonidan tasdiqlangan. 

Topilmalar orasida turli o‘lchamdagi teropod izlari – yirtqich dinozavrlar qoldirgan izlar hamda inson qo‘liga o‘xshash xiroteriy tipidagi izlar bor.

Bunday izlar dastlabki arxozavr-reptiliyalar tomonidan qoldirilgani aytiladi. Olimlarning aytishicha, kamida to‘rtta qatlamda izlar saqlanib qolgan. Bu esa dinozavrlar ushbu hududda uzoq vaqt davomida yashaganini anglatadi.

Topilgan izlar yonidan yog‘och qoldiqlari, qulab tushgan daraxt tanalari aniqlangan. Bu topilmalar 200 million yil avvalgi ekotizim haqida yanada batafsil tasavvur berishga ko‘maklashadi.

Sichuan provinsiyasidagi Dinozavrlar muzeyi tadqiqotchisi Tsyan Shanning ta’kidlashicha, qoya devorida topilgan izlar Xitoyda dinozavrlarning dastlabki evolyutsiya tarixini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar pterozavrning yangi turini aniqlagandi. Ushbu qanotli sudraluvchi dinozavrlar bilan bir davrda yashagan va taxminan 209 million yil avval hayot kechirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Sichuan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing